Bitum
Bitum – uglevodorod va ularning hosilalari, ya’ni kislorod, azot, oltingugurtli yuqori molekulyar uglevodorlarning murakkab aralashmasi. Bitum tabiiy va sun’iy bo’lishi mumkin. Sun’iy bitumning neftli, slanetsli, ko’mirli, torfli turlari mavjud. Qurilishda, asosan, neftli bitumlar qo’llaniladi. Fizik-mexanik xossalariga bog’liq holda neftli bitumlardan tosh yopish materiallari tayyorlashda, quvur o’tkazgizlarni izolyatsilashda, suv o’tkazmaydigan (gidroizolyatsiya) qatlamlarni yotqizishda, shag’al va chaqiq toshli aralashmalarni qayta ishlashda va asfalt materiallarni sovuq holatda ishlab chiqarishfa foydalaniladi.