BAVURCHI

BAVURCHI, bovurchi — o’rta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. 14-asrdan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul ma’nosida ham qo’llanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pog’ona past mansab hisoblanganligini Boburning so’zlaridan bilish mumkin: «Bavurchiliq martabasidin bakavulluq martabasiga etkurub erdim» («Boburnoma», 210). Bavurchi istilohi fors tilida ham qo’llangan.