Qadama yog’och naqqoshligi (yog’och qadab naqsh solish)

Qadama yog’och naqqoshligi (yog’och qadab naqsh solish) – (lotincha: incrustation-“po’stloq bilan qoplash, qoplama”) rangi, tuzilishi, teksturasi bilan farq qiluvchi materiallarning kombinatsiyasi asosida sirtni bezash texnikasi. Bu umumiy atama. Ko’p rangli tosh, marmar, shisha (smalt) bo’laklarini yig’ish, asosga yopishtirish orqali dekorativ to’plamni yaratish texnikasi mozaika deb ataladi. Yog’och asosga yopishtirish orqali yog’och qoplamani (ingichka, bir qatlamli fanera) o’rnatish texnikasi marketri deyiladi.