Ko’shk (ko’chik)
Ko’shk (ko’chik) – 1) to’rt ustunli, tomi qubbali, asosan, yog’och va qamishdan qurilgan yengil qurilma; pavilion kiosk; 2) bog’ ichkarisidagi zebu ziynatli ayvon. Ko’shklar qadimda arava ustiga ham o’rnatilgan; 3) saroy, qasr, keyinchalik murakkablashib, ko’p xonali hashamatli ko’shklar qurilgan. Masalan: Ko’shki Dilkusho (Samarqand).