Kundal

Kundal – bo’rtma bezak turi. Usuli: yelimli ganch shakl ustidan bir necha marta suritiladi, qizil kesak loyi asosida bo’rtma gul yasalgach, ustidan mo’yqalam bilan rang va zarhal beriladi. Amir Temur davri binolarida binoning ichki bezagi uchun shohi qog’ozdan yasalgan kundal keng qo’llanilgan.