Metallarning qotishmalari

Metallarning qotishmalari – ikki yoki undan ortiq elementlarni eritib qotishma hosil qilish bilan olingan materiallar bo’lib, ular metallarning xarakterli xossalariga ega bo’ladi. Metallarning qotishmalarini metallar-elementlar yoki metallarni nometallmas bilan birgalikda eritib qotishma holida olishadi, bunda metallarning miqdori nometallmasnikiga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Metall qotishmalari hattoki nisbatan oddiy kristall strukturada ham ularni tashkil etuvchi sof metallarga qaraganda ancha yuqori mexanik va fizik xossalarga ega bo’ladi.