Orayopma (yopma, to’siq, bo’g’ot)

Orayopma (yopma, to’siq, bo’g’ot) – inshootni qavatlarga ajratuvchi konstruktiv qism. Bajaradigan vazifasiga ko’ra orayopmalar tsokolli, qavatlararo, chordoqli va hokazolar; shakli bo’yicha yassi va svodsimon (gumbazsimon) bo’ladi. To’sinlar va plitalar yassi orayopmalarning yuk ko’taruvchi elementlari hisoblanadi. Orayopma konstruktiv jihatdan to’sinli, to’sinsiz, kessonli bo’lishi mumkin. Orayopmalar o’z ustida joylashgan uskunalar, parda devorlar, mebellar va hokazolardan tushadigan yuklarni qabul qiladi, devorlar hamda boshqa vertikal tayanchlarga uzatadi. Shuningdek, orayopmalar binoning gorizontal bikirlik diafragmasi rolini ham bajaradi.

Добавить комментарий