Pemza (qo’ng’irtosh)
Pemza (qo’ng’irtosh) – vulqon otilganda ajrali chiquvchi gazlar alangalanishi natijasida cho’g’langan suyuq moddalarning tezkor sovushidan hosil bo’ladigan g’ovakli yengil vulqon jinsi, u o’zining tashqi ko’rinishi bo’yicha qotgan ko’pikka o’xshaydi. Pemza och kulrang va oq ranglarda uchraydi. Pemzaga xos bo’lgan katta g’ovakdorlik uning yaxshi issiqlik izolyatsiyalovchi xossalarga ega bo’lishiga shart-sharoit yaratsa, g’ovaklarining ko’pchiligini yopiq g’ovaklar tashkil etganligi uning yetarli darajadagi muzga bardoshligini ta’minlaydi.