Plagioklazalar

Plagioklazalar – dala shpatlari, ohak-natriyli alyumosilikatlar guruhlarining jins hosil qiluvchi minerallari. Ular oq, kulrang, sariq, yashil, qo’ng’ir, qizil ranglarda uchraydi. Uning sof kaltsiyli-anortit; sof natriyli-albit turlari mavjud. Plagioklazlar minerallarning amorf qatorlarini hosil qiladi, ular orali a’zolarining oligoklaz, andezin, Labrador, bitovnit kabi mustaqil nomlari mavjud. Mineralogik shkala bo’yicha qattiqligi 6-6.5; zichligi 2620 dan (albit uchun) 2760 kg/m3 gacha (anortit uchun) bo’ladi. Plagioklazlarning nur taratuvchi turlari (Labrador va oligoklaz belomorit) zargarlik va dekorativ pardoz materiallari sifatida ishlatiladi.