Poliizobutilen
Poliizobutilen – yumshoq elastik material, kauchukdan vulkanizatsiyalanmasligi bilan farq qiladi. Poliizobutilendan qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiyalash, beton vat emir-beton konstruksiyalardagi choklarni germetiklash, yelim va mastikalar tayyorlashda foydalaniladi. Poliizobutilen uzoq vaqt davomida havo ushlab turishi mumkinligi sababli, u avtomobil shinalari va basketbol to’plari uchun ichki kameralarni tayyorlash uchun ishlatiladi.