Polimer-silikatli beton

Polimer-silikatli beton – polimerli qo’shimchalar bilan modifikatsiyalangan kislota bardoshli tsement asosidagi materiallar (qorishmalar, aralashmalar, betonlar, surkamalar)ni polimer-silikatli materiallar deb atashadi. Kichik dispersli, kislota bardoshli to’ldirgich (maydalangan karst, diabaz, andezit va hokazolar) va kremniy-ftorli natriyni suyuq shisha bilan aralashtirib olingan qorishmani qotirish yo’li bilan kislotaga bardoshli tsement olinadi. Polimer-silikatli betondan poydevorlarni, rezervuarlarning polimer-silikatli himoya qoplamalarini ta’mirlashda va sig’imlar tayyorlash uchun foydalaniladi. Sig’imlardagi shikastlangan joylar, ayniqsa, ular elementlarining choklaridagi yoriqlar metall qolipdan foydalangan holda polimersilikatli surkama (zamazka) bilan qayta ishlanadi, yuviladi va qoplanadi (yamaladi).

Добавить комментарий