Polimertsementli materiallar

Polimertsementli materiallar – asosida minerallar bog’lovchili (betonlar, eritmalar, mastikali tarkiblar), modifikatsiyalangan polimer qo’shimchali (2-30% mineral bog’lovchi massasidan), bundan tashqari, polimer komponenti to’g’ridan-to’g’ri tayyorlangan aralashmaga kiritilgan materiallar. Polimertsement materiallarini olish uchun suvda eruvchan polimerlar, suvli dispersiyalar, suvda erimaydigan suyuqlik (kukunsimonlar kamroq) oligomerlar ishlatiladi. Eng keng tarqalgan materiallar polimerlarning suvli dispersiyasi (polivinilatsetat, kauchuk va boshqalar) asosidagi polimertsementdir. Polimertsement materiallarining kamchiligi qattiqlashuvi paytida qisqarishining kuchayishi hisoblanadi. Portlandtsement materiallari otdelka ishlarida (fasad ishlovida, pollarni qoplashda, shpatlovkalar va boshqalar) choklarni yopishda, beton va temir-beton konstruksiyalarni ta’mirlashda, yo’l, aerodrom ishlarida qo’llaniladi.

Добавить комментарий