Po’lat-temir-beton
Po’lat-temir-beton – temir-betonning po’lat listi (membrane) bilan uyg’unlashgan holatini o’zida namoyon etuvchi kompleksli qurilish materiali bo’lib, bunda po’lat list temir-beton sirt yuzasiga turli konstruksiyali ankerlar yordamida mahkamlanadi. Po’lat list po’lat-temir-betonning suv o’tkazmasligini ta’minlaydi hamda ishchi yukning bir qismini qabul qiladi. Po’lat-temir-beton konstruksion material sifatida qo’llanadi.