Trepel

Trepel – o’z xossalariga ko’ra diatomitga o’xshaydigan yengil g’ovakli cho’kindi emas. Lekin deyarli skeletli qoldiqlardan mahrum bo’lgan jins hisoblanadi. Trepelning o’rtacha zichligi (hajm bo’yicha) 600-1000 kg/m3 ni tashkil etadi. Oq, och kulrang, sarg’ish, ba’zan qora tusga yaqin bo’lgan to’q kulrang yoki dog’li (bitum aralashmasi bilan bo’yalgan) ko’rinishda uchraydi, tilga yaxshi yopishadi va o’ziga suvni kuchli shimadi. Trepel 75-90% tsementlashgan mayda dumaloq opal zarrachalari ko’rinishidagi mo’rt (amorf) kremnezemga ega. Diatomit va opokaga o’xshash tarzda qo’llanadi; undan dinamit tayyorlashda foydalaniladi.