BARBAR TILI

BARBAR TILI — barbarlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub. Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Mali, Yuqori Volta, Niger, Nigeriya, Chad va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevadan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: Tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, shim. Marokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi (Marokash), zenaga lahjasi (Mavritaniya). Misr, Suriya, Liviya, Tunis va Mavritaniyada Arab tili Barbar tilini siqib chiqarayotgan bo’lsa, Jazoir va Marokashda Barbar tilida so’zlashuvchilar yil sayin ko’paymoqda. Barbar tilida urg’u juda kuchsiz. O’zak bir, ikki, uch, hatto turt undoshdan tuziladi. Barbar laxjalarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birligi yagona Barbar tili mavjudligiga asos bo’ladi. Barbar, Arab va lotin alifbolari yordamida barbar tili va uning lahjalarini yozib olishga harakat qilingan.