«BARBAROSSA» REJASI

«BARBAROSSA» REJASI («Barbarossa Fall») — fashistlar Germaniyasining sobiq Sovet Ittifoqiga qarshi urush ochish rejasining shartli nomi. 1940 yil 21 avgustdan boshlab ishlab chiqilib, shu yil 18 dekabrda tasdiqlangan. Unda Dnepr va G’arbiy Dvina daryolaridan g’arbroqdagi hududda qizil armiyaning asosiy kuchlarini yashin tezligida tormor qilib, Arxangelsk-Volga-Astraxon chizig’iga chiqish, 2 — 3 oy ichida urushda g’alaba qozonish mo’ljallangan edi. Sobiq Ittifoq xalqlarining jasoratlari va behisob qurbonlari evaziga «Barbarossa» rejasi barbod bo’ldi.