BARBAT

BARBAT (forscha-tojikcha — o’rdak siyna) — qadimda O’rta Sharq xalqlari amaliyotidagi torli chertma soz. Kosasi katta, dastasi kalta, ko’pincha 3 — 4 torli. Eng qadimgi namunalari O’rta Osiyoga mansub. Ud soziga asos bo’lgan cholg’ulardan. Afrosiyobdan Barbatga o’xshash soz chalayotgan sozandalarning miloddan avvalgi 2 — 1-asrlar — milodiy 1 — asrlarga oid haykalchalari topilgan. Borbad Marviy (6 — 7-asrlar) ismli mashhur bastakor, xonanda va sozanda Barbatning o’tmishdagi eng mohir ijrochisi bo’lgan. Ad.: Vizgo T., Muzikalniye instrumenti Sredney Azii, M., 1980; Borbad, epoxa i Tradisii kulturi, Dushanbe, 1989.