Nimaga repperlar shimlarini pastga tushirib kiyishadi, umuman olganda bu odat qayerdan kelib chiqqan?

— Repni «qora musiqa» ekanligini ko’pchilik biladi. Amerikada qoralarga bo’lgan zulmning og’ir paytlarida ko’chalarda improvizatsiya paydo bo’ldi, keyinchalik u butun bir madaniyatga, harakatga aylandi. Ushbu madaniyat kambag’al hududlardan kelgan qora tanli yoshlar tomonidan namoyish etilgan. Ularda mos o’lchamdagi kiyimlarni sotib olish uchun pul yo’q edi, shuning uchun ular kiyimni qarindoshlaridan keyin qayta kiyishlari yoki eskisini sotib olishlari kerak edi. Kiyimlar har doim ham to’g’ri kelmasdi va ko’pincha bir ikki razmer kattaroq bo’lardi. Reperlarning aksariyati, katta shim kiyib, kambag’al joylarda yashaydigan va ko’cha musiqasini yaxshi ko’radiganlar uchun o’ziga xos belgi qilib, ularni «tashrif qog’ozi» qilishga qaror qilishgan.