BAFFIN YERI
BAFFIN YERI — Kanada Arktika Arxipelagining eng yirik orol. Maydoni 476 ming kilometr kvadrat. Orolda qariyb 3,4 ming kishi yashaydi. Baffin yeri arxey va proterozoy burmalaridan tuzilgan. Shimoliy Amerika qalqonida joylashgan. Sharqiy qirg’oqlari baland (2591 metrgacha) va Ford ko’p; g’arbiy qirg’oqlari past. Orolning ko’p qismi yassitog’va ayrim tog’lardan iborat. G’arbida botqoqlik va ko’l ko’p. Iqlimi sovuq va nam. Qor ko’p yog’adi. Tog’larda muzliklar bor. Arktika va tog’ tundralaridan iborat. O’simliklari — yo’sin, lishaynik, tundra butalari. Hayvonlari — lemming, kugb tulkisi, qutb quyoni. Asosiy aholi punkti — Frobisher-Bey. Bax Aleksey Nikolayevich [1857.5(17).3, Zolotonosha shahri — 1946.13.5, Moskva] — rus biokimyogar olimi, akademik (1929). 1885 — 1917 yillarda muhojirliqsa yashagan. Biokimyogarlar maktabining asoschisi. Ilmiy ishlari fotosintez ximizmi, hujayradagi oksidlanish jarayoni va fermentlar haqidagi ta’limotga bag’ishlangan. Peroksidlarning assimilyatsiyada ishtirokini o’rganish asosida sekin oksidlanishning peroksid nazariyasini yaratgan.