BAXILLIK

BAXILLIK — axloq tushunchasi. Biron shaxsning o’sishini, darajasi, obro’-e’tibori oshishini, yutug’i, iste’dodi va boshqalarni ich-ichidan ko’ra olmaslik. Baxillik shaxsiyatparast, xudbin va ko’ngli qora kishilarga xos xususiyat bo’lib, odamlar o’rtasidagi ijtimoiyaxloqiy munosabatlarga salbiy ta’sir qiladi, ularni buzadi, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatga putur yetkazadi, jaholatni kuchaytiradi. Baxil kishilar boshqalarni ko’rolmaganligidan tashkari, ularning baxtsizligi, notinchligini istaydilar. o’zgalarning muvaffaqiyatsizligidan, notinchligidan mamnun bo’ladilar. Baxillikka azaldan yomon nazar bilan qaralgan, xalq og’zaki ijodi namunalarida, hikoya, ertak va dostonlarda u eng yaramas odat sifatida tasvirlangan. Qur’oni Karim va hadislarda ham Baxillik hamma harom ishlarning va yaramas xulqlarning boshi sifatida qoralangan, saxiy, himmatli, muruvvatli, fe’li keng inson bo’lishga da’vat etilgan.