BAXMANYOR ABUL HASAN MARZUBON O’G’LI
BAXMANYOR ABUL HASAN MARZUBON O’G’LI (? — 1067) — Ozarbayjon faylasufi. Ibn Sinoning shog’irdi. Forobiy va Ibn Sino ta’limotlarini himoya qilgan va rivojlantirgan. Islom aqidalarini asoslashda aristotelizm va neoshgatonizmdan foydalangan. Baxmanyor mavjudot haqida panteistlarcha fikr yurittan (k-panteizm). U olamni «Boshlang’ich ruhiy sabab» — Allohdan keltirib chiqaradi va emanatsiya asosida tushuntiradi; barcha mavjud narsalarni o’rta asr falsafasida keng tarqalgan tushunchalar — vujudi mumkin, vujudi vojib asosida talqin etishga harakat qiladi. Baxmanyor bilish nazariyasida aqliy bilishni himoya qilib, rasionalizmni rivojlantirdi. Baxmanyorning «Mabod attabiat («Metafizika») va «Marotib al-mavjudot» («Mavjudotning martabalari») (Qohira, 1911, arab tilida; Leypsig, 1851, nemis tilida) asarlarida mavjudot va bilish masalalari qarab chiqilgan. «Kitob attahsil» («Tehsil kitobi») va «Az-ziynat» («Ziynatlash») asarlari mantiq ilmiga, «al-Baxjad va as-saodat» («Go’zallik va baxt») kitobi axloq masalalariga bag’ishlangan. Baxmanyor bilan Ibn Sino o’rtasidagi falsafiy yozishmalarning keyinchalik ko’chirilgan ayrim nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.