BAXTIYORIY
BAXTIYORIY — xo’raki hamda vinobop jaydari uzum navi. Tupi kuchli o’sadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (bo’yi 18 — 21 santimetr, eni 22 — 23 santimetr), to’garak, besh bo’lakchali, cheti bir oz yuqoriga qaytarilgan, mayda arra tishli, tuksiz. Uzum boshi tsilindrkonussimon, katta (bo’yi 20 — 25 santimetr, eni 10 — 20 santimetr), o’rtacha tig’iz, og’irligi 500-600 gramm. G’ujumi o’rtacha (14 — 20 millimetr), tuxum shaklida, sarg’ish-yashil, etdor va sershira, po’sti yupqa. Sentabr boshlarida pishadi. Tarkibidagi qand 18 — 19%. Hosildorligi 120 — 140 tsentner/gektar. Bu nav qurg’oqchilikka ancha chidamli, shuning uchun lalmikor yerlarda yaxshi o’sadi. Sovuqqa chidami o’rtacha. Samarqand viloyatida keng tarqalgan.