BAQATISHLAR
BAQATISHLAR (Ranadon) — burchaktishlilar oilasiga mansub suvda hamda quruqlikda yashovchilar urug’i. Tanglayidagi tishlari baqalarnikiga o’xshash ko’ndalang qisqa qator bo’ylab joylashgan. Oldingi oyoqlarida 4 tadan, orqa oyoqlarida 5 tadan barmoqlari bo’ladi. Tanasi yashil-kulrang yoki qo’ng’ir tusda, uzunligi 25 santimetrgacha. Baqatishlar tog’lardagi tubi Toshloq soylarda 2500 metrgacha balandlikda tarqalgan. Har xil hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Kunduzi toshlar ostiga bekinib oladi, kechasi faol ov qiladi, ba’zan quruqlikka ham chiqadi. Urg’ochisi 50 — 100 ta tuxum qo’yadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. 5 yilda voyaga yetadi. 2 turi ma’lum. Sichuan Baqatishlar (R. wushahensis) Xitoyda tarqalgan. Yettisuv Baqatishlar (R. sibiricus) uzunligi 20 santimetr. Jung’or Olatovi (Tyanshan) endemigi Qizil kitobga kiritilgan.