BAG’DOD IPAK QURTI
BAG’DOD IPAK QURTI – Bag’dod shahridan keltirilgan monovoltin zotiga mansub ipak qurti. Pillasi yirik (2 — 3 gramm), shakli uzunchoq, beldor, rangi oq, ba’zan sargish-yashil. pillasidan 14 — 17% ipak chiqadi, ipakning tortilish miqdori 60 — 80%. Bag’dod ipak qurti O’zbekistonda qadimdan boqib kelingan. Oq pilla olishga kirishilgach, bundan voz kechilgan. Qisman selektsiya ishlarida foydalaniladi.