Aktinidiya (actinidia) nimani anglatishini bilasizmi
Aktinidiya (actinidia) nimani anglatishini bilasizmi – aktinidiyadoshlar (actinidiaceae) oilasiga mansub, bo’yi 15 metrga yetadigan, daraxtlarga chirmashib o’suvchi buta. Primorsk o’lkasi, Xabarovsk o’lasining janubi, Saxalin, Kuril orollaridagi o’rmonlar, tog’ qiyaliklari va cho’qqilarida o’sadi. Tibbiyotda ikki turning mevasi ishlatiladi: aktinidiya kolomikt aktinidiyasi va aktinidiya ostraya (actinidia argute (sieb. Et zucc.) Planch.) – o’tkir aktinidiya. Mevasi tarkibida qandlar, organik kislotalar, ko’p miqdorda vitamin S, bo’yoq, pectin va oshlovchi moddalar bor. Meva sharbati va xom murabbosi (ho’l mevasi bilan shaker aralashmasi) lavsha (singa) kasalligini davolash va oldini olish uchun qo’llaniladi. Uzoq Sharq xalq tabobatida aktinidiya mevasi bilan sil, tish og’rig’i (kariyes), ko’kyo’tal kasalliklarini davolaydilar.


