Alkaloidlar nimani anglatishini bilasizmi
Alkaloidlar nimani anglatishini bilasizmi – o’simliklar (qisman hayvonlar) to’qimalarida tayyor holda uchraydigan asosli (ishqoriy) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo’lgan, mulekulasida azot saqlovchi murakkab organik birikmalar. Alkaloidlar ko’pincha rangsiz, optik faol, hidsiz, achchiq mazali, uchuvchan bo’lmagan kristall yoki amorf modda. Sof holidagisi spirt organik erituvchilarda erisa, kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari suvda va spirt yaxshi eriydi. Ba’zan rangli, suyuq va uchuvchan alkaloidlar ham uchraydi. Aksariyat alkalodlar azot saqlovchi getrosiklik birikmalarning hosilalari bo’lgani uchun ular shu birikmalar asosida sinflarga (pirolizidin, piridin, xinolizidin, xinolin, izoxinolin, indol, purin hodisalariga) bo’linadi. Alkaloidlar va ularni saqlovchi o’simliklar zaharli. Bir qator alkalodlar (morfin, kodein, glautsin, atronin, giossiamin, kofein, strixnin, xinin, xinidin, platifillin), ularni saqlovchi o’simliklarning preparatlari muhim dorivor vosita sifatida tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda hamda xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida qo’llaniladi.


