Antitela nimani anglatishini bilasizmi

Antitela nimani anglatishini bilasizmi – bu maxsus oqsillar – immunoglobulinlar bo’lib, hayvon organizmida antigenlar ta’sirida paydo bo’ladi. Antitelolar zardob oqsillarining globulinlari bilan bog’liq bo’ladi, albuminlarda bo’lmaydi. Antitelo termolobil bo’lib, molekulyar og’irligi 150-900 kDa. Sobiq Ittifoq sog’liqni saqlash jamiyati immunologiya bo’limi xalqaro komissiyasi tomonidan Pragada (1964) immunoglobulinlar beshta sinfga bo’lingan: IgG, IgM, IgA, Ig Eva IgD. Ular qoz zardobi globulinlari tarkibidagi miqdori, molekulyar og’irligi va boshqa belgilar bilan farq qiladi. Antitelolarning asosiy xususiyati ularning maxsus o’ziga xosligidadir. Ya’ni, aynan ularni hosil qilgan antigenga ta’sir qiladi. Antigen bilan antiteloning o’zaro ta’siri natijasida antigen inaktivatsiyalanadi. Antilelolar o’z antigeniga qanday ta’sir qilishiga qarab uchga bo’linadi: mikrobga qarshi, zaharga qarshi – antitoksinlar va hujayraga qarshi agglyutininlar hujayralarni (mikroblar, eritrotsitlar) yopishtiladi, antitoksinlar toksinlarni neytrallaydi, presepitinlar oqsilni koagulatsiya qiladi, lizinlar mikrob, eritrotsit va hokazolarni eritadi. Antitelolar organizmda 5-6 kundan keyin paydo bo’lib, bir necha oy davomida saqlanadi. Avval antitelolar ko’paya boshlaydi. 14-17 kundan keyin ko’payishi maksimum darajaga yetib, so’ngra ularning miqdori yana kamayadi. Antigen ta’sirida chuqur immunobiologik o’zgarishlar paydo bo’lib, oqibatda antitelo yo’q bo’lib ketgandan keyin ham organizm chidamli bo’lin qolaveradi. Antiteloning ko’payish tezligi antigenni yuborish joyiga bog’liq. Agar u tomir orqali yuborilsa, chidamlilik tez paydo bo’ladi. Antigenning sekin so’rilishi organizmda antiteloning uzoq saqlanishiga olib keladi. Shuning uchun antigen achchiqtosh, gidrookis aluminiy kabi deponentlar bilan yuboriladi. Hozirgi vaqtda passiv immunitet hosil qilish uchun qo’llash mumkin bo’lgan monoclonal antitelolar olingan. U kimyoviy toza modda bo’lib, tarkibida begona oqsil yo’q, shuning uchun oqsil kasali anafilaksiya va boshqa reaksiyalarning oldini oladi.

Добавить комментарий