Ansissimon agrabodiyon nimani anglatishini bilasizmi

Ansissimon agrabodiyon nimani anglatishini bilasizmi – selderdoshlar (soyabonguldoshlar) oilasiga mansub bir yillik o’t. Voronej viloyati, Ukraina va Shimoliy Kavkazda hamda ziravor o’simlik sifatida Markaziy Osiyoda o’stiriladi. Tibbiyotda mevasi va efir moyi, yog’, oqsil bor. Efir moyi ko’p miqdorda anetol, anis aldegidi, anis kislotasi birikmalaridan tarkib topgan. Mevasi va efir moyi balg’am ko’chiruvchi (bronxit, laringit, ko’kyo’tal, nafas olish yo’llarining yallig’lanish kasalligida), ichak faoliyatini kuchaytiruvchi, yel haydovchi va surgi vositasi sifatida qo’llaniladi. Mevasi ich yumshatuvchi va ko’krak og’rig’iga qarshi ishlatiladigan choylar – yig’imlar, shuningdek efir moyi nashvadil-arpabodiyon tomchisi va ko’krak eliksir tarkibiga kiradi. Efir moyi yana farmatsevtika amaliyotida yoqimsiz ta’mli dori shakllari mazasini yaxshilash uchun ishlatialdi.

Добавить комментарий