Amur baxmali nimani anglatishini bilasizmi
Amur baxmali nimani anglatishini bilasizmi — (phellodendron amusense rupr.) rutadoshlar (Rutaceae) oilasiga mansub, bo’yi 10-30 metrgacha yetadigan daraxt. Primorye va Xabarovsk o’lkalari hamda Janubiy Saxalindagi tekislik va tog’ o’rmonlarida o’sadi. Tibbiyotda daraxt po’stlog’i (lub qismi) ishlatiladi. Tarkibida alkaloidlar (berberin, palmitin, fellodenin), kumarinlar, saponinlar, flavonoidlar bor. Po’stlog’ining tolasi (lub qismi)dan berberin alkaloidi olinadi. Tolasi og’riq qoldiruvchi, balg’am ko’chiruvchi, antiseptik vosita sifatida hamda shamollash kasalliklarida qo’llaniladi.


