Ampelografiya nimani anglatishini bilasizmi
Ampelografiya nimani anglatishini bilasizmi – (yunoncha ampelos-uzum va grafiya) tokshunoslik, uzumning tur va navlarini o’rganadigan fan. Tur va navlarning tashqi muhit hamda inson ta’sirida o’zgaruvchanlik qonuniyatlarini o’rganadi. Uvologiya bilan bog’liq. Umumiy hamda xususiy ampelografiya bo’ladi. Umumiy ampelografiya tokdoshlar sistematikasini, tasnifini, navlarning kelib chiqishini, o’zgaruvchanligini, shuningdek, ampelografik tadqiqotlar metodikasini o’z ichiga oladi. Xususiy ampelografiya esa alohida uzum navlarini o’rganib, ularga botanik, agrobiologik va xo’jalik-texnologik jihatdan ta’rif beradi. Uzum navlariga ta’rif berish uchun Xalqaro ampelografik komissiya (Vena, 1873) tomonidan yagona tizim qabul qilingan.


