ASIRIY turkiy shoir kim bo’lgan?

ASIRIY (taxallusi; asl ismi Toshxo’ja o’g’li) (1864 — Xo’jand — 1915/16) — turkiy shoir. Qo’qonda madrasada o’qigan (1882 — 90). Otasidan toshtaroshlikni o’rganib, umrining oxirigacha shu kasb bilan shug’ullangan. O’zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Mumtoz shoirlar, ayniqsa Bedil an’analarini davom ettirgan. She’rlari g’oyaviy-badiiy yetuk. Javhariy va boshqa zamondoshlari Asiriyni erksevar, noziktab, shirinsuxan shoir, «ilm-fan ahlining sha’mi» deb ta’riflagan. Asiriy g’azal, masnaviy, ruboiy, qita va boshqa janrlarda ijod qilgan. She’rlarida insoniy muhabbatni kuylagan, jaholatni qoralab, ilm-ma’rifatni targ’ib etgan.

Добавить комментарий