Amudaryo daryosi haqida eshitganmisiz?
Amudaryo daryosi haqida eshitganmisiz? – O’rta Osiyodagi yirik daryolardan biri. Orol dengiziga quyiladi. Amu nomi adabiyotlarga ancha kech kirib keldi. Amudaryo haqidagi eng ilk yozma ma’lumotlar Oks (grekcha Oksos) nom bilan grek manbalarida uchraydi. Oks yoki Oksos mahalliy o’kuz – “daryo” so’zining grek tilidagi talaffuzi asosida vujudga kelgan. “O’kuz-Amudaryoning mahalliy sak – massaget nomi bo’lib, o’rta asrning eng so’nggi davrigacha saqlanib qolgan. O’rta asrlarda Jayhun nomi bilan mashhur bo’ldi. “Jayxun” Tavrotdagi “Gixon”ning arablashtirilgan formasi bo’lib, arablar tomonidan kiritilgan.


