Andijon shahri haqida eshitganmisiz?

Andijon shahri haqida eshitganmisiz? — Andijon Sovet Ittifoqida eng yirik paxtachilik oblastining iqtisodiy va madaniy markazi. Andijon toponimi haqida turli afsona va rivoyatlar bor. Ayrim afsonalarga qaraganda Afrosiyob hokimining qizi Andijon nomi bilan bog’liq. Boshqa bir rivoyatda bu yerda hindilar yashagan, shuning uchun Hindukon-“hindular makoni” deya nomlanib, keyinchalik Andijon bo’lib ketgan deb izohlanadi. V.A.Nalivkin “Kratkaya Istoriya Kakandskogo xanstva” kitobida Andijon toponimi o’zbeklarning andi nomli qabilasi nomi bilan bog’liq, ya’ni andi-gon “andilar”, keyin Andijon bo’lgan deb yozadi. Bu haqiqatga ancha yaqindir. Nomning ikkinchi qismi Gone mas kan yoki kant bo’lishi ham mumkin, chunki K tovushu intervokal holatda (ikki unli orasida) G tovushiga aylanishi hollari uchraydi. Shunday ekan Andijon andi-qabila nomi va kan “qishloq”, “andular qishlog’i” deb izohlash mumkin.

Добавить комментарий