Buyrak qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Buyrak qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblasti. Leningrad rayonida. Toponimning kishilar orasida u “buyrakka o’xshash” bo’lganligi uchun shunday ataladi degan izohning hech qanday asosi yo’q. Buyrak “bayri” va-ak (kichraytirish ma’nosini bildiruvchi) affiksi orqali yasalgan. Bayri “bekat, to’xtash joy, rezidentsiya” degan ma’noga ega. Buyrak yoki Bayrak “kichik bekat” demakdir.


