Vodil qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Vodil qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblasti, Farg’ona rayonida. Toponimning etimologiyasi aniq emas. Xalq orasida bu nom turlicha izohlanadi. Ko’plar “ochiq ko’ngil” (vodil) deb ifodalasa, ba’zilar Vodil “ko’ngilni xush qiladigan, ko’ngilni ochadigan” degan ma’noda deyishadi. Ilmiy tadqiqotlarda arabcha vodiy so’zi bilan bog’laydilar. Vodil balki Bodil so’zi bilan bog’liqdir. Bodil arabcha “qir, tekislik, cho’l” degan ma’noda.


