Gandimiyon qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Gandimiyon qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblasti, Xiva rayonida. Jizzax oblastida, Jizzax rayonida Gandimtosh qishlog’i bor. Ayrim toponimistlar Gandimiyonni forscha “kandum” (bug’dor) bilan bog’laydilar. Ammo bu izoh uncha ishonchli emas. Chunki Qashqadaryodagi Gandasoy, Surxondaryodagi Gandarbuloq, Afg’onistondagi Gandamak kabi qator toponimlar bug’dor so’zi bilan aloqador emas. Bizning “gandi” qabila nomi bo’lsa kerak. Miyon so’zi eron toponimiyasida hozir ham “qishloq” ma’nosida qo’llaniladi. Gandimiyon “gandilar qishlog’i” demakdir.


