Kabobi qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Kabobi qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Navoiy rayonida. Toponim tashki ko’rinishdan kabob (taom) so’ziga o’xshasa ham, kabobga hech qanday aloqasi yo’q. Nom forscha Kabud (ko’k) va ob (suv) so’zlaridan tuzilgan. Ko’k suv nom sifatida toponimiyada ko’p uchraydi. Ko’k suv “chuqur suv, daryo” degan ma’noni anglatadi. Kabob shu so’zning tojikcha aynan tarjimasidir. Nomning oxirgi element i biror territoriya yoki guruhga mansablikni anglatadi. Shunday ekan, toponimni “Ko’k suv arig’i tomonidan kelganlar” deb tushunmoq kerak. G’ijduvon rayonida ham Kabobi nomli qishloq bor.

Добавить комментарий