Kattaqo’rg’on nomi haqida eshitganmisiz?

Kattaqo’rg’on nomi haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastida, Zarafshon vodiysining tekislik qismida, Norpoy kanalining chap sohilida. Arxeologik qazilmalar shaharning qadimgi boy madaniyatidan darak beradi. 1908 yilda B.N.Kastolskiyning o’tkazgan arxeologik qazilmalari vaqtida assuariya (sopol tobutlar) topildi. Toponim katta va qo’rg’on so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, “katta shahar, katta qal’a” demakdir. E.Murzayev Katta so’zini Eron tilidagi kanta (o’ralgan, qazilgan) so’zi bilan bog’laydi. Qo’rg’on “tepalik” degan ma’noda bo’lib, Kattaqo’rg’on “tepalikdagi shahar, tepadagi istehkom” degan ma’nodadir.

Добавить комментарий