Novxos qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Novxos qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Yangiariq rayonida, Novxos toponimi qadimgi xorazmiy tiliga xos bo’lib, “qishloq, qal’a” degan ma’nolarni bildiradi. Xorazmiylarning avlodi hisoblangan hozirgi osetin tilida nauxos “yig’ilish joyi, yig’in bo’ladigan joy” ma’nolariga ega. Z.Tsagayevaning yozishicha, Nauxos so’zi hozir ham Osetiyada ko’plab toponimlar tarkibida uchraydi.



