Nukus shahri haqida eshitganmisiz?
Nukus shahri haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSRning poytaxti. Nukus aslida urug’ nomidir. Shahar nomi ham shundan kelib chiqqan. K.Abdimurotov Nukus so’zi eron tillariga mansub bo’lib, Nux “to’qqiz” – Kas “kishi” shaklida yasalganini aytadi va Qoraqalpoqlarning to’qqiz bahodiri haqidagi afsonani keltiradi. Bizningcha, Nukus toponim xorazm tilida so’zlashuvchi xalq tomonidan qo’yilgan bo’lishi mumkin. Chunki bu shahar Xorazm shohlar hukmronlik qilgan territoriyada barpo etilgan. Bu so’zning etimologiyasi xorazm tili zaminida juda aniq izohlanadi: Nuz nuv “yangi”, kas “qo’rg’on”. Nukus “yangi qo’rg’on, yangi qishloq” demak. E.Murzayev toponimning nu “to’qqiz”, kesh “uy, tom” degan ma’noni bildirishini aytadi.



