Osqala qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Osqala qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSR, Amudaryo rayonida. Toponim etnik nom asosida vujudga kelgan. Os – Eron xalqlari urug’laridan bo’lib, o’zbek va qoraqalpoq xalqi sostavida ham uchraydi. Os urug’i haqida ilk bor Beruniy ma’lumot beradi. U Amudaryo o’z oqimida to’siqlarga uchrab so’l tomonga – qipchoqlar yurtiga oqbaboshlagach, bu yerda istiqomat qiluvchi aholi Hazar dengizi qirg’oqlariga ko’chdilar. Ular, alon va os urug’lari ekanini yozadi. Os etnonimi haqida turli fikrlar bor. Ba’zi bir tadqiqotchilarning yozishicha, Os hozirgi osetik xalqining avlodlari bo’lgan. Alan urug’ining nomidir. Xiva davlat hujjatlarida Os, Osli kabi nomlar qayd etilgan. Xorazmda Osiyon, Oslar (Qo’shko’pir va Gurlan rayonlarida) kabi nomlar hozir ham bor.

Добавить комментарий