Pishag’ar qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Pishag’ar qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Jizzax oblastining Jizzax rayonida. Toponimni turlicha izohlaydilar. 1. “Besh og’ar”, ya’ni “suv” yoki “besh o’zan” so’zi bilan bog’liq. 2. “Pesha g’or” yoki “g’or og’zi, g’or yoni” degan ma’noni bildiradi. S.Qorayevning fikricha, bu ikki fikr ham ishonchli emas. Pishag’ar toponimining ikki komponenti G’or “tog’” ma’nosidadir. Shunday qilib, Pishag’ar toponimi “tog’oldi yoki tog’ning sharq tomonidagi qishloq” demakdir.

Добавить комментарий