Poytug’ qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Poytug’ qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Andijon oblastining Izboskan rayonida. M.Koshg’ariy tug’ so’zining “nog’ora, xon huzurida chalinadigan baraban, bayroq” ma’nolaridan tashqari, “to’g’on” ma’nosini beradi deydi. H.Hasanov uning fikriga asoslanib toponimni “to’g’on tagi, to’g’on yoni” deb izohlaydi. Buxoroda xonlik davrida dahaboshi mahkamasi ham Poytug’ deb atalgan.



