Sergeli shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz?

Sergeli shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz? – Toshkent oblastining Kalinin rayonida. Sergeli aslida Sirg’ali bo’lib, etnik nomdir. Sirg’ali etnik gruppasi vakillari Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Qoraqalpog’iston ASSRda uchraydi. So’z sirg’a va li affiksi orqali yasalgan. Ma’lumki, qadimda har bir urug’ning o’z tamg’asi bo’lgan. Tamg’ada turli belgilar, masalan, taroq, cho’mich, qaychi, bolg’a ifodalangan. Mazkur belgi ma’lum urug’ni yoki qabilani bildirgan. Sirg’ali etnonimi ham xuddi shu usulda vujudga kelgan. Keyinchalik qabila yashagan qishloq ularning nomi bilan atalgan.

Добавить комментарий