Xonqa shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz?

Xonqa shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Xonqa rayoni. Shahar X asrda Darxos deb atalgan. Dar “uzoq, yiroq” – Kas yoki xos “qishloq, qo’rg’on”, ya’ni “Uzoqdagi qo’rg’on, yiroq” ma’nosini anglatgan. Keyinchalik Xonqa yoki Xonaqoh deb atalgan. Ya.G’ulomovning yozishicha shaharda mashhur yassaviycha Said otaning o’g’li yoki jiyaniga atab solingan Xonaqo bor. Shahar mo’g’ul istilosi davrida vayron etilgan va faqat Xonaqo saqlanib qolgan. Keyinchalik Xonaqo atrofida hayot boshlangan. Natijada bu Xonaqoh shahar nomiga aylangan. Xonaqohning Xonqaga aylanishi isbot talab qiladi. Chunki Xonaqohdagi a tovushi pozitsiya jihatdan ancha mustahkam va uning tushishi Xorazm shevalari uchun xarakterli emas.

Добавить комментарий