Xo’jayli shahar haqida eshitganmisiz?

Xo’jayli shahar haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSR da. Xo’jayli rayonining markazi. Xo’jaylilik keksalarning ko’plari Xo’jaylining dastlabki nomi shahri Antakiya, undan keyin Gavur, keyinchalik esa “Xo’ja eli” deb atalganini aytadilar. Professor Ya.G’.G’ulomov “Gavur qal’a” taxminan eramizning I asri boshlarida kushanlar tomonidan bino etilgan, deb ta’kidlaydi. Abulg’ozi Bahodirxonning yozishicha, XVI asr oxirlariga kelib, Amudaryo oqimining o’zgarishi bilan Urganch, Vazir, Odoq shaharlariga qarashli rayonlar suvsiz qolgan. Ekinlar Amudaryoning qirg’oqlariga, hozirgi Xo’jaylining shimoli-sharqiy va shimoliy rayonlarida ekinlgan. Mana shu yerda yangi qal’a bunyod qilingan. Asfandiyorxon davrida (1623-1642) Urgancha rayonida suv bo’lmaganligi tufayli xon qarorgohi Amudaryoning chap sohiliga ko’chirilgan. Xo’jayli degan nom Xiva xoni XVIII asrda bu yerga bir necha uyli xo’jalarni ko’chirib keltirgandan keyin berilgan.

Добавить комментарий