Chotqol daryosi haqida eshitganmisiz?

Chotqol daryosi haqida eshitganmisiz? – Chotqol Piskom bilan qo’shilib Chirchiq daryosini hosil qiladi. O’zbekiston va Qirg’iziston territoriyalaridan oqib o’tadi. Gidronimning ikkinchi qismi qol aslida ko’ldir. Ko’l turkiy tillarda “Irmoq, daryo o’zani” ma’nosini bildiradi. E.Murzayevning yozishicha bu so’z mo’g’ulcha bo’lib, daryo degan ma’noni anglatadi. Gidronimning chat komponenti ham toponimiyada keng tarqalgan bo’lib, “kichik tepa, pastak tog’, yassilanib ketgan bag’ir” degan ma’noda. Demak, Chotqol “tog’dan oqib tushadigan, balanddan oqib tushadigan irmoq” ma’nosidadir.

Добавить комментарий