O’QUV YO’LI
O’QUV YO’LI (musiqada) — turkumli asarlarda, odatda, cholg’u qismlar (cholg’u yo’li) dan keyin navbatma-navbat, o’zaro bog’liq tarzda ijro etiladigan ashulalar ifodasi. Masalan, Miskin nomli turkumning 1-qismi cholg’u kuy, 2, 3, 4 (Adoyi, Asiriy, Chapandoz nomli doira usulida ijro etiladigan) qismlari O’quv yo’li, yakuniy qismi esa soqiynoma usulidagi cholg’u yo’llaridan iborat. Katta hajmdagi mumtoz maqom namunalari (Chorgoh, Segoh, Dugoh, Farg’ona Nasrullosi, Bayot va boshqalar)ning ko’pchiligi cholg’u yo’llari hamda O’quv yo’lidan tashkil topadi. Ularning O’quv yo’li cholg’u asar tarzida ham yakka va jo’rnavozlikda ijro etilishi mumkin. Bular asosida esa bastakorlar tomonidan qator bir qismli yoki turkumli ashula namunalari (masalan, I.Ikromovning «Munojot» ashulasi, F.Mamadaliyevning «Miskin», «Nasrulloyi» turkumlari) yaratilgan.