BIRLAMCHI OG’IZLILAR
BIRLAMCHI OG’IZLILAR (Protostomia) — ikki tomonlama simmetriyalilarga mansub bo’lgan haqiqiy ko’p hujayrali hayvonlar. Umurtqasiz hayvonlarning ko’pchilik tiplari (yassi chuvalchanglar, birlamchi tana bo’shliqlilar, tikanboshlilar, nemertinlar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar, onixoforalar, paypaslagichlar) kiradi. Birlamchi og’izlilarning og’iz teshigi boshlang’ich og’iz (blastopor)dan yoki uning oldingi qismidan vujudga keladi, anal teshigi qaytadan tananing orqa qismida hosil bo’ladi; tashqi skeleti (kutikulasi, xitini yoki chig’anog’i) bor; oldingi va orqa ichaklari ektodermadan tashkil topadi.