BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING O’ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING O’ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI — BMT tizimidagi maxsus tashkilotlar faoliyatini birlashtirib, ular e’tiborini O’zbekiston Respublikasi hukumati belgilagan asosiy yo’nalishlarga qaratuvchi vakillik. 1993 yil 24 avgustda ochilgan. Vakolatxona maqsadi bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga xos islohotlarni amalga oshirish, ijtimoiy, ta’lim, ilm-fan va madaniyat, inson huquqlari, demokratiya hamda boshqaruvni rivojlantirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, giyohvandlikka qarshi kurash, Orol muammolarini xal etish sohasidagi xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishda maxsus dasturlarni ishlab chiqishda O’zbekiston bilan BMT o’rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Tarkibi BMTning quyidagi bo’lim va dasturlaridan tashkil topgan: taraqqiyot dasturi; axborot va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi; Giyohvandlikka qarshi kurash dasturi; Qochoqlar ishlari bo’yicha oliy komissar boshqarmasining vakolatxonasi; bolalar jamgarmasi (YUNISEF); sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) ning vakolatxonasi; Jahon sog’liqni saklash tashkiloti; aholi jamg’armasi (YUNFPA) va boshqalar.